Maxfiylik siyosati

Maxfiylik oddiy va ochiq.

Hamroh faqat xizmat ishlashi uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanadi. Kundalik kontentingiz lokal qoladi, cloud ma’lumotlari esa aniq vazifalar bilan cheklangan.

Oxirgi yangilanish30-avgust, 2026

Kontent Mac’da

Vazifalar, notalar, odatlar va fokus yozuvlari asosan kompyuteringizda ishlaydi.

Minimal cloud

Pairing, qurilma holati va xavfsiz yangilanish uchun zarur texnik ma’lumotlargina yuboriladi.

Reklama profili yo‘q

Shaxsiy ma’lumot sotilmaydi va maqsadli reklama profili yaratish uchun ishlatilmaydi.

1. Siyosat doirasi

Ushbu siyosat HAMROH TECH LLC tomonidan taqdim etiladigan Hamroh macOS ilovasi, Hamroh qurilmasi, hamrohio.me va hamrohio.uz saytlari hamda oldindan buyurtma xizmatiga tegishli.

Tashqi sayt yoki servisga o‘tganingizda o‘sha servisning maxfiylik qoidalari amal qiladi.

2. Mac’da qoladigan kontent

Vazifalar, notalar, odatlar, fokus sessiyalari va kundalik sozlamalar asosan Mac’ingizda saqlanadi va oflayn ishlashi mumkin.

Biz ushbu kontentni reklama, profil yaratish yoki sotish uchun cloud’ga ko‘chirmaymiz. Siz lokal ma’lumotlarni ilova funksiyalari yoki ilovani o‘chirish orqali boshqarasiz.

3. Cloud’da qayta ishlanadigan ma’lumotlar

Qurilmani xavfsiz bog‘lash uchun o‘rnatish identifikatori, qurilma nomi, ochiq kriptografik kalit, ilova versiyasi va Hamroh seriali qayta ishlanishi mumkin. Xavfsiz credentiallar macOS Keychain’da saqlanadi.

Qurilma ulanganida Hamroh seriali, firmware versiyasi va build’i, qurilma turi, faol slot, ilova versiyasi, uptime, holat va mavjud bo‘lsa signal, xotira yoki harorat kabi diagnostika ko‘rsatkichlari yuborilishi mumkin.

Bu ma’lumotlar qurilmani online ko‘rsatish, nosozlikni aniqlash, ruxsatlarni tekshirish va imzolangan yangilanishlarni yetkazish uchun ishlatiladi. Vazifa, nota yoki odat matni heartbeat tarkibiga kirmaydi.

4. Buyurtma va support ma’lumotlari

Oldindan buyurtmada ism, telefon, hudud, son, til va ixtiyoriy Telegram username yoki izoh olinadi. Sahifa tashrifi uchun anonim sessiya identifikatori, manba, kampaniya va referrer kabi asosiy atributsiya ma’lumotlari qayd etilishi mumkin.

Supportga murojaat qilsangiz, siz yuborgan email, Telegram username, xabar, screenshot va diagnostika ma’lumotlarini ko‘rib chiqamiz. Maxfiy credentiallarni yubormasligingiz kerak.

Bu ma’lumotlar buyurtmani tasdiqlash, yetkazib berish bo‘yicha aloqa va support so‘rovini hal qilish uchun ishlatiladi.

5. Ulashish va uchinchi tomonlar

Hamroh shaxsiy ma’lumotlarni sotmaydi va maqsadli reklama uchun data brokerlarga bermaydi.

Xosting, ma’lumotlar bazasi, email yoki siz tanlagan Telegram kabi xizmatlar faqat xizmatni taqdim etish va murojaatga javob berish uchun zarur doirada ma’lumot qayta ishlashi mumkin.

Qonun talab qilsa yoki foydalanuvchi va xizmat xavfsizligini himoya qilish zarur bo‘lsa, ma’lumot tegishli vakolatli organga taqdim etilishi mumkin.

6. Saqlash va o‘chirish

Ma’lumotlar xizmatni taqdim etish, xavfsizlik, audit va qonuniy majburiyatlar uchun kerak bo‘lgan muddatgacha saqlanadi. Qurilma heartbeat yozuvlari operatsion diagnostika uchun davriy va cheklangan tarzda saqlanishi mumkin.

Lokal kontentni Mac’ingizda o‘zingiz boshqarasiz. Preorder yoki support ma’lumotlarini ko‘rish, tuzatish yoki o‘chirish so‘rovini support@hamrohio.me orqali yuborishingiz mumkin.

Ayrim yozuvlar firibgarlikdan himoya, audit yoki qonuniy talab sababli zarur muddat saqlanishi mumkin.

7. Xavfsizlik

Hamroh credentiallarni himoyalangan saqlash, so‘rovlarni kriptografik tasdiqlash, minimal ruxsat va audit tamoyillaridan foydalanadi.

Hech bir tizim mutlaq xavfsiz emas. Shuning uchun biz yig‘iladigan ma’lumot hajmini kamaytirish va sirlarni foydalanuvchi interfeysi yoki loglarda ko‘rsatmaslikka intilamiz.

8. Bolalar maxfiyligi

Hamroh umumiy produktivlik mahsuloti bo‘lib, 13 yoshdan kichik bolalardan ataylab shaxsiy ma’lumot yig‘ishga mo‘ljallanmagan.

Bunday ma’lumot noto‘g‘ri olingan deb hisoblasangiz, bizga yozing. Zarur tekshiruvdan so‘ng uni o‘chirishga yordam beramiz.

9. O‘zgarishlar va bog‘lanish

Siyosat xizmat rivojlanganda yangilanishi mumkin. Muhim o‘zgarishlar ushbu sahifadagi sana bilan ko‘rsatiladi.

Savol, huquq so‘rovi yoki ma’lumot o‘chirish uchun support@hamrohio.me manziliga yozing. Operator: HAMROH TECH LLC.

Hamroh | Maxfiylik siyosati